XSell.uz

Foydalanish shartlari

XSell nima

XSell.uz — foydalanuvchilar o‘z narsalari haqida e’lon joylashtiradigan platforma. XSell savdo tomoni emas: bitim, to‘lov va topshirish xaridor va sotuvchi o‘rtasida amalga oshiriladi.

Foydalanuvchi majburiyatlari

  • E’londagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun e’lon muallifi javobgar.
  • E’lon qoidalariga rioya qilish va boshqa foydalanuvchilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish majburiy.

Moderatsiya

XSell qoidalarga zid kontentni ogohlantirishsiz yashirish yoki o‘chirish va akkauntlarni bloklash huquqiga ega.